«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Yakkabog’ tumani: gullari bilam mashhur Istiqlol

Yakkabog’ tumani Istiqlol MFY tadbirkorchilikning ko’pgina soxalariga ixtisoslashgan. Xususan, sabzavotchilik, baliqchilik, chorvachilik, asalarichilik va limonchilik. Tadbirkorlar bankdan kredit olish yo’li bilan o’z tadbirkorchiliklarini yo’lga qo’yishgan. Shu vaqtgacha mahalladan 53 kishi bankdan kredit olgan. Boboyorov Asqar 2013-yildan beri gulchilik bilan o’z faoliyatini boshlagan. U gullarning 70dan ortiq turini yetishtiradi. U ko’pgina viloyatlar va Qashqadaryoning tumanlari Kitob, Shahrisabz va Chiroqchi bilan o’z hamkorlik faoliyatini olib boradi.

Mahallada yana ko’pgina aholi uzumchilik va olmachilik bilan ham shug’ullanadi.

Mahallada 943ta xonadon bor. Aholi soni esa 3800 nafar. Mahallaga tushadigan har bir murojat shu yerning o’zida ijobiy hal qilinadi. Mahalladagilarni bandlik bilan taminlash maqsadida jamoatchilik fondiga 12 nafar ayol kishi qo’shilgan. Mahallada 3 yildan beri ajrim holatlari kuzatilmagan.

Mahalla raisi Jumayev Sobir 2017-yildan buyon mahallada raislik faoliyatini olib boradi. U o’z faoliyati davomida davlat yordamida mahalla uchun 2 mlrd 450mingga ko’prik qurilishiga bosh-qosh bo’ladi. Mahallada yana bugungi kunda apteka, kutubxona, to’yxona, xususiy klinika va 2 qavatli savdo do’koni barpo etildi.

Ma’mura ERGAShOVA
Mohibonu EGAMOVA
«Teleradio.uz» sayti PR-muxbirlari

Comments are closed.