«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Real» Holand transferi uchun Hakimidan foydalanishi mumkin

«Real» klubi «Borussiya Dortmund» hujumchisi Erling Holand transferi bo‘yicha reja tuzmoqda.

AS xabariga ko‘ra, «Qirollik klubi» bitimni amalga oshirish uchun dortmundliklar safida ijarada o‘ynayotgan Ashraf Hakimidan foydalanishi mumkin. «Real» Holandni 2022 yilda qo‘lga kiritmoqchi.

Bu mavsumda Hakimi barcha musobaqalarda 25ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 10ta golga hammualliflik qilgan. «Borussiya Dortmund» uning o‘yinidan mamnun va tarkibda saqlab qolmoqchi.

O‘z navbatida Holand Bundesliga doirasida 9ta o‘yinda 10ta gol urib, 2ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Transfer qiymati 75 mln yevroga baholangan.

tribuna.uz

Comments are closed.