«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Kurtua: «Azar bilan «Real» haqida o‘zaro sirimiz bor edi»

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua sobiq jamoasi «Chelsi» safida Eden Azar bilan Madrid klubiga o‘tishni bir necha marotiba muhokama qilganligini aytdi.

«Chelsi»da Eden bilan Madrid klubiga o‘tish haqida ko‘p gaplashganmiz. «Real» haqida gaplashsak jamoa nomini emas, «Oq uy» deya gapirganimiz bois, ko‘pchilik bizni nima haqida gaplashayotganimizni bilmasdi. Bu yashirin so‘z o‘zaro sirimizdek edi. Hozirda «qirollik klubi»da sovrinlar uchun kurashayotganimizdan xursandman», — deya belgiyalik posbonning so‘zlarini keltirmoqda El Mundo.

Ma’lumot uchun, Tibo 2018 yilning yozida, Azar esa 2019 yilda Madrid klubi a’zosiga aylangan edi.

tribuna.uz

Comments are closed.