«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Jeydon Sancho “Borussiya D”da yana bir rekord o‘rnatdi

Dortmundning “Borussiya” klubi hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sancho Bundesliga 27-turi doirasida kechgan “Volfsburg”ga qarshi o‘yinda (2:0) golli uzatma muallifiga aylandi.

Germaniya chempionatining 27-turiga kelib 20 yoshli angliyalik futbolchining joriy mavsumdagi golli uzatmalari soni 16 taga yetdi. Sancho bir mavsumdagi assistlar soni bo‘yicha “Borussiya D”ning rekordini o‘rnatdi. Bundan tashqari futbolchi Bundesliga 2019/20-yilgi mavsumida “gol+pas” tizimida 30 ochko to‘pladi: 14 gol va 16 assist.

Sancho 2017-yilning yozida “Manchester Siti”dan dortmundliklar safiga o‘tgandi.

daryo.uz

Comments are closed.