«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Eshli Koul: «Arsenal»dan «Chelsi»ga o‘tishimga asosiy sabab pul emasdi»

Angliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Eshli Koul 2006 yili «Arsenal»dan «Chelsi»ga o‘tishga qaror qilganiga nima sabab bo‘lganini aytib berdi.

«Arsenal»da o‘ynashni boshlaganimda menga juda oson edi, chunki jamoaning tayanchlari bor edi –Kioun, Simen, Viyeyra, Anri, Adams. Ular keta boshlashgach, klubda bo‘shliqlar borligini his qildim. Jamoa biroz pasayganini va yo‘qotishlar o‘rni qoplanmaganini his qila boshladim.

Natijada g‘alaba qozonish istagi tufayli «Chelsi»ga ko‘chib o‘tdim. Ehtimol, hammasi ortga qaytsa, boshqacha yo‘l tanlashim mumkin edi. Ortga nazar tashlasam, har ikki tomonda ham xatolar bo‘lgan deb o‘ylayman. Bu – nafaqat mening, balki ularning ham ayblari. O‘sha paytda juda o‘jar edim. Rostini aytsam, o‘zimni bola kabi tutardim. Lekin hech qachon afsuslanmayman va hech narsani o‘zgartira olmayman.

Ketishim bilan bog‘liq adolatsizlikni his qilaman. Odamlar pul tufayli «Arsenal»dan ketdi, deb o‘ylashadi. Bu ahmoqlik. Pul men uchun eng oxirgi darajada edi», – deb Koulning so‘zlarini keltiradi Goal.

tribuna.uz

Comments are closed.