«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3000 kishidan oshdi

2020 yil 22 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3006 (+39) nafarni tashkil qilmoqda. 

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 5 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 6 nafari xorijdan kelgan shaxslar (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 28 nafari esa aholi orasidan qayd etildi. 

Aholi orasidan aniqlangan holatlarning 13 nafari Samarqand, 15 nafari esa Navoiy viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2407 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. 

Hozirda mamlakatimizda 586 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

sof.uz

Comments are closed.