«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

APL «Nyukasl»ni saudiyaliklarga sotishga ruxsat berdi

Angliyaning «Nyukasl» klubi Saudiya Arabistonining Davlat investitsiya fondiga (PIF) sotib yuborilish arafasida turibdi. 

Sky Sports xabariga ko‘ra, Angliya Premer-Ligasi rahbariyati klub xo‘jayini Mayk Eshli bilan PIF o‘rtasidagi bitimni ma’qullagan. Uning qiymati 300 mln funtga baholanmoqda.

Davlat investitsiya fondiga Saudiya Arabistoni taxti vorisi Muhammad ibn Salmon rahbarlik qiladi. Yaqin orada u ingliz klubini to‘liq sotib olish ishlarini yakunlaydi. Shahzodaning maqsadi – «Nyukasl»ni Angliyaning raqobatbardosh klublaridan biriga aylantirish. 

Avvalroq, «Nyukasl» arablarning qo‘liga o‘tganidan keyin bosh murabbiylikka Massimiliano Allegri, Maurisio Pochettino, Rafael Benites yoki Lyusen Favrni taklif etmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

tribuna.uz

Comments are closed.