«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Samarqanddagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filiali karantinga yopildi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida davolanayotgan bemorlar va tibbiyot xodimlaridan COVID-19 infeksiyasi aniqlanganligi sababli markazning faoliyati 19-may kunidan boshlab vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Samarqand viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, ushbu holat sodir boʻlishi bilan filialda dezinfeksiya va yuvish ishlarini amalga oshirish uchun hozirgi kunga qadar mazkur markazda davolanayotgan 67 nafar bemorlar Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiy markazi Samarqand filialiga oʻtkazilgan.

Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali faoliyati qayta yoʻlga qoʻyguniga qadar viloyat aholisiga quyidagi shifoxonalarda vaqtincha shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatiladi:

– Travmatologik va neyroxirurgik (reanimatsiyasi bilan) tibbiy xizmatlar- Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiy markazi Samarqand filialida;

– Xirurgiya, urologiya, ginekologiya, LOR, pediatriya, terapiya va reanimatsiya xizmati – SamMI 2-klinikasida;

– Kombustiologiya (kuyish) tibbiy xizmati- Samarqand shahar tibbiyot birlashmasida;

– Toksikologiya va EKD xizmati -Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida.

Bundan tashqari, viloyat kardiologiya dispanseri, viloyat nogironlarni reablitatsiya qilish va protezlash markazi hamda viloyat koʻz kasalliklari shifoxonasida shahar aholisi orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan birlamchi kontaktda boʻlgan fuqarolar karantin nazoratiga olingan.

effect.uz

Comments are closed.