«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Pokistonlik qonunshunos COVID-19 dan vafot etdi. Kunlik o’lim holati rekord darajaga yetdi

Pokistonlik mahalliy qonunshunos COVID-19 infeksiyasi tufayli vafot etdi. Ushbu holat bugun qayd etilgan va shifoxona mutasaddilarining taʼkidlashicha, mamlakat hukumati karantin holatini yumshatgan paytda mazkur hodisa sodir boʻldi.

Ayni damgacha Pokiston boʻylab 45 898 kishida virus aniqlangan boʻlib, ularning 985 nafari vafot etgan. Seshanba kuni oʻlim holati eng yuqori koʻrsatkichga yetdi. Bir kunda 46 ta inson koronavirus infeksiyasidan halok boʻlgani aytilmoqda.

Mamlakatning eng katta viloyati hisoblangan Panjob viloyatining sharqiy qismidagi Lahor shahrida yashovchi viloyat assambleyasi aʼzosi hisoblangan 65 yoshli Shahin Razo virusdan vafot etgan. Bu haqida shifokor Asad Aslam Reuters agentligiga bergan intervyusida aytib oʻtgan.

Aslamning aytishicha, Razo 17-may kuni kasalxonaga yotqizilgan. Dushanba kuni esa Mayo kasalxonasida ijobiy test natijalarini olgan ekan.

Razo mamlakat bosh vaziri Imronxon boshchilik qiluvchi partiyaning aʼzosi hisoblanar edi. Panjob Sogʻliqni saqlash qoʻmitasi vakili Yasmin Rashidning taʼkidlashicha, Razo karantin joriy qilingan hududlarga tashrif buyurgan va ana shu asnoda virus yuqtirib olganini aytadi.

effect.uz

Comments are closed.