«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar 2950 nafarga yetdi

Bugun, 21-may soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2950 (+11) nafarni tashkil qildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 6 nafari oldindan karantinda boʻlgan fuqarolar, 5 nafari xorijdan kelgan shaxslar (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) orasidan qayd etilgan.

Ayni paytda 2372 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sogʻaydi. Hozirda 565 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 5 nafarining ahvoli ogʻir. 15-martdan beri 13 kishi vafot etgan.

effect.uz

Comments are closed.