«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Chelsi» Kantega jamoaviy mashg‘ulotlarda qatnashmaslikka ruxsat berdi

«Chelsi» yarimhimoyachisi Ngolo Kantega jamoa bilan vaqtincha mashg‘ulot o‘tkazmaslikka ruxsat berdi.

The Telegraph’ning xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi koronavirus pandemiyasi tufayli mart oyida to‘xtatilgan mavsum qayta tiklanishidan xavotirda.

19 may kuni «Chelsi» mashg‘ulotlarni boshladi. Futbolchilar ijtimoiy masofani saqlab, kichik guruhlarda shug‘ullanishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kante hamon sog‘ligidan xavotirlanmoqda. Klub fransuzga hozircha jamoaviy mashg‘ulotlarda qatnashmaslikka ruxsat berdi va uning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi.

tribuna.uz

Comments are closed.