«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Rio Ferdinand faoliyatidagi eng sevimli golini aytdi

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand faoliyatidagi eng sevimli goli sifatida 2006 yil 22 oktyabrda «Liverpul»ga kiritgan to‘pini e’tirof etdi. O‘sha bahsda mankunianliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

«Ikkinchi qavatda to‘pni qabul qilib, yuqori burchakka yo‘lladim va gol urdim. Bu – faoliyatimdagi eng yaxshisi. Karrager boshqa tomonga ketdi, men esa to‘pni yerga tushirdim va uni yuqori burchakka yo‘lladim.

Hamma jamoaga to‘p kiritish mumkin, ammo derbida yoki ashaddiy raqib bilan o‘yinda urilgan gollar o‘zgacha. Menga omad kulib boqdi, «Liverpul»ga 2ta gol urdim. Bu hissiyotni boshqa biror o‘yindagi yutuq bilan taqqoslab bo‘lmaydi», – deb Ferdinandning so‘zlarini keltiradi The Republic of Mankunia.

tribuna.uz

Comments are closed.