«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Futboldagi eng nufuzli shaxslar uchligi tuzildi

France Football nashri dunyo futbolidagi eng obro‘li shaxslar reytingini tuzdi.

Birinchi o‘ringa «PSJ» klubi prezidenti Nosir Al-Xilayfiy qo‘yildi. U 55 million mijozga ega Qatarning beIN Media Group telekompaniyasiga ham rahbarlik qiladi va 2022 yilgi jahon chempionati tashkilotchilaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, Osiyo tennis federatsiyasi, Qatar tennis va skvosh federatsiyasi prezidenti hisoblanadi.

Qayd qilish joizki, Al-Xilayfiy yoshligida professional darajada tennis o‘ynagan. U «Katta dubulg‘a» turnirlarida ham ishtirok etgan bo‘lib, 2002 yilda eng kuchli 1000 tennischi reytingiga ham kirgan.

Shuningdek, eng obro‘li shaxslar reytingiga «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va FIFA prezidenti Janni Infantino ham kiritildi.

To‘liq reyting yaqin orada e’lon qilinadi.

tribuna.uz

Comments are closed.