«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Toshkentda kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Hokimlik aholini ogohlantirdi

18-may kuni poytaxtimizda kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent shahar hokimligi shu sababdan aholiga ogohlantirish bilan chiqdi.

Kuchli shamol daraxt va ularning shoxlarini sinishi, mustahkam o‘rnatilmagan turli konstruksiyalarning joyidan qo‘zg‘alishiga, shikastlanishiga sabab bo‘lib, uning ostida va yaqinida turgan insonlar va avtomobillarga zarar yetkazishi mumkin.

«Shu sababli avtomobillaringizni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishingizni, kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmasligingizni, uyda qolishingizni so‘raymiz»-, deyiladi hokimlik xabarida.

Kuni kecha esa Xorazmda kuchli shamol uylarning tomini uchirgani xabar berilgandi.

xabar.uz

Comments are closed.