«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Kellini Messi va Ronaldudan keyin kim tengsiz futbolchi bo‘lishini aytdi

Turinning «Yuventus» klubi himoyachisi va sardori Jorjo Kellini Messi va Ronaldudan keyin qaysi o‘yinchi jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkinligini aytdi. 

«Ronaldu va Messidan keyin kim tengsiz futbolchiga aylanadi? Bu Kilian Mbappe deb o‘ylayman. U har tomonlama kuchli. Uni birinchi marta televizor orqali Chempionlar ligasi doirasidagi «Manchester Siti» va «Monako» o‘yinida ko‘rgandim. Kilian menda juda yaxshi taassurot qoldirgandi. Unda barcha jihat mujassamlashgan – tezlik, texnika, golni sezish qobiliyati. Menimcha, u yosh bo‘lishiga qaramay, Neymardan ham kuchli futbolchi. Mbappe kelajakda tengsiz futbolchiga aylanadi», — deya Kellinining so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.

Ma’lumot uchun, «PSJ» hujumchisi Mbappega Madridning «Real» klubi qiziqmoqda. Ammo Parij klubi yozgi transfer oynasida forvardi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi emas.

tribuna.uz

Comments are closed.