«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Barselona» sobiq prezidenti Messining qaysi klubga o‘tishga juda yaqin bo‘lganligini aytdi

«Barselona» klubi sobiq prezidenti Joan Laporta 2006 yilda Lionel Messi «Inter» klubiga o‘tishga juda yaqin bo‘lganligi haqida gapirdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bergan.

«Milanliklar Messi uchun belgilangan 150 million yevro tovon pulini to‘lashga tayyor edilar. Natijada biz tovon pulini 250 million yevrogacha oshirgandik», — deya eslaydi Laporta. 

Sobiq rahbar Messining «Inter»ga transferini uning otasi bilan muhokama qilganligini aytib o‘tdi.

«O‘shanda Lionelning otasiga Messini sotishga rozi bo‘lmasligimni, uning «Barselona»da muvaffaqiyat qozonishiga ishonishimni aytgandim. To‘g‘ri, Messi «Inter»da ko‘proq pul ishlab topishi mumkin edi, ammo hozirgidek muvaffaqiyatga erisha olmasdi, deb o‘ylayman. Italiyada unga munosib jamoa yo‘q edi», — deydi Kataloniya klubining sobiq prezidenti.

Ma’lumot uchun, Laporta 2003-2010 yillar davomida «Barselona» klubi prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan.

tribuna.uz

Comments are closed.