«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

G’uzor tumani, Paxtazor MFY da muammo hal etildi

Viloyatimizning G’uzor tumani, Paxtazor MFY dan tahririyatimizga bir muddat oldin, maxalladagi yo’lni achinarli holatda ekanligi, qishda loy, yozda esa chang to’zonli ko’chaga aylanishi, yaqin oradagi aholi vakillari, maktab va «MTT» ga qatnovchi yoshlar bu o’nqir-cho’nqir yo’llarda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishayotganligi haqida murojaat qilishgan edi.
Muxbirimiz Otabek Ziyo murojaat joyiga hokimlik va tegishli mutasaddi tashkilot vakillari bilan o’rganish olib bordi.
Tuman Yo’l qurilish masalalari bo’yicha hokim o’rinbosari Zoxid Zokirov bu masalani tez orada hal qilishini aytib intervyu bergan edi.
Muammo esa kuni kecha 2020.05.12 kuni hal etildi.
Yo’l ustki qismiga ishlatilgan ikki mashina tosh hamda texnika uchun ketgan 80 litir yoqilg’i axoli tomonidan berilgan bo’lsada, maxsus texnikani hokimlik masalluri ajratishdi.
Ne bo’lsa ham maxalla yo’li, avvalgi ko’rinishidan bir muncha yaxshilandi.
Axoli murojaati qisman bo’lsada hokimlik ma’sullari tomonidan bajarildi.

Otabek Ziyo
Muxbir

Comments are closed.