«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Yangilanish va yosharish bayrami

Navro‘z – azaliy milliy qadriyatlar timsoli, mehr-oqibat, saxovat va ezgulik ramzi hisoblanadi. Ushbu bayram xalqimizning bag‘rikenglik, yaxshilik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlarini o‘zida namoyon etadi.

Navro‘z arafasida har bir hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etilib, hashar o‘tkazilishi an’ana tusini olgan. Bunday ezgu an’analar esa xalqimizni yanada jipslashtirib, jamiyatda tinchlik, totuvlik, bag‘rikenglik va bunyodkorlik muhitini tobora mustahkamlashga zamin yaratadi.

Navro‘z bayrami odamlarni ezgulikka undaydigan, tabarruk zaminni sevishga, mehnatni qadrlashga, ko‘klam mo‘’jizalaridan bahra olishga o‘rgatadigan betakror bayram sifatida ham qadrli.

Tabiatning betimsol qudrati, ona zaminning saxovatini namoyon etadigan Navro‘z — barcha yurtdoshlarimiz uchun eng sevimli bayramga aylangan. Chunki u tinchlik, omonlik, ahillik bayrami hamdir.

Qarshi shahar, Aral mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Qo‘yli RO‘ZIEV.

Comments are closed.