«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

BESH TASHABBUS IJROSI 6-MAKTABDA

Prezidentimizning besh muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash va yoshlar o’rtasida keng targ’ib qilish maqsadida  Mirishkor tumanida joylashgan 6-maktabda tadbir o’tkazildi. Unda maktabning 484 nafar o’quvchi yoshlari ishtirok etdi.

https://t.me/teleradiouz_official

Tadbir xususida bir qancha savollar bilan maktabning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Begali Shomurodovga yuzlandik. – Maktab hovlisida o’quvchi yoshlar hamda o’qituvchilar bilan birgalikda 200 tup mevali daraxt ko’chatlarini ekdik va bunday ishlarni yana davom ettiramiz, – dedi suxbatdoshimiz.

Besh muhim tashabbus bo’yicha olib borilayotgan ishlar va undagi ustuvor maqsadlar, hamda asosiy g’oyalarni o’quvchi yoshlar o’rtasida keng targ’ib qilish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Maktabda sportning volibol, futbol, shaxmat, shashka yo’nalishlari bo’yicha tashkil etilgan to’garaklar ham so’zimizning yaqqol isbotidir. Tadbirda musiqa va san’at yo’nalishlari bo’yicha o’quvchilarning chiqishlari davraga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi. – Maktabda komyuter texnologiyalari yo’nalishi yaxshi yo’lga qo’yilgan va undan o’quvchilarimiz unumli foydalanmoqda, – deya suhbatni davom ettirdi, Begali Shomurodov. Tumandagi maktablar kesimida o’tkazilgan fan olimpiyadalarida o’quvchi yoshlar faol ishtirok etib, hozirda maktablar orasida beshinchi o’rinni saqlab turishibdi. Tadbir so’ngida faol ishtirok etgan o’quvchi yoshlarga fahriy yorliqlar topshirildi.

Teleradio.uz

Comments are closed.