«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekistonda mantiqsiz va sovetlardan qolgan 700dan ziyod joy nomlari bor

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 9 mart kuni Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida ko‘cha va aholi punktlarini nomlash, peshlavhalar, reklama va e’lonlarning davlat tilida berilishi singari masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda til masalasiga, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyi va nufuzini tubdan oshirishga prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsan o‘zi jiddiy e’tibor qaratayotgani qayd etilgan.

MAVZUGA DOIR: Bosh vazir mahallalarga va chaqaloqlarga ma’naviyatga zid nomlar qo‘yilayotganiga e’tiroz bildirdi

Hukumat rahbarining ma’lum qilishicha, yaqinda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan hududlardagi joy nomlarining holati va bunga mas’ul bo‘lgan hududiy komissiyalar faoliyati o‘rganib chiqildi.

MAVZUGA DOIR: Bloger Saida Mirziyoyevani o‘zbek tilida intervyu berishga chaqirdi

O‘rganish natijalariga ko‘ra, shaharcha, qishloq, ovul, mahalla va ko‘chalarga nom berish, qayta nomlash masalalari o‘z holiga tashlab qo‘yilgani aniqlangan.

Oqibatda, respublika bo‘yicha 300dan ziyod qishloq va mahallalarning, 400ga yaqin ko‘chaning eski, sovet davridan qolgan yoki biror mantiqsiz, tushunarsiz nomlari haligacha saqlanib qolmoqda.

Manba: sof.uz

Comments are closed.