«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Nukusda Neksiya va traktor ishtirokida to’qnashuv sodir bo’ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, joriy yilning 9 mart kuni soat 09:00 larda, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shahri, «Teletsentr» OFY hududidan o’tgan ichki avtomobil` aylanma yo’lida haydovchi K.X. “FN 953 LOBOL” rusumli traktorni boshqarayotib chap tomonga burilayotgan vaqtida ushbu yo’nalishda uning ortidan harakatlanib kelayotgan haydovchi (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasida traktorning kovuchiga borib urilishi natijasida to’qnashuv sodir bo’lgan. 

Natijada, “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi va yo’lovchisi voqea joyida vafot etishgan. YOng’in chiqishi oqibatida “Neksiya” avtomashinasi yonib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, vafot etgan fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Hurmatli yo’l harakati ishtirokchilari yo’llarda harakatlanganda “Yo’l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so’rab qolamiz. 

O’zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati

Comments are closed.