«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

“Xotin-qizlar salomatligi – sog’lom oila garovi”


Qarshi shahrida “Xotin-qizlar salomatligi – sog’lom oila garovi” shiori ostida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, badgminton va voleybol turlari bo’yicha o’rta ta’lim kasb xunar boshqarmasining boshlig’i kubogi musobaqasi bo’lib o’tdi. Unda viloyatimizning barcha tuman kollejlarining o’qituvchi va o’quvchilari ishtirok etdi. Mazkur musoboqa 5 ta muhim tashabbusning “Yoshlarni sportga jalb qilish va ular orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish ishlari samaradorligi” yo’nalishining ijrosi doirasida tashkil etildi va xotin-qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilishga qaratildi.


Sportning har bir turi bo’yicha bellashuvlar qizg’in va qiziqarli o’tdi. Voleybol bo’yicha o’qituvchilar o’rtasida bo’lib o’tgan qizg’in bahsda Qarshi Axborot texnologiyalar kolleji 1-, Qarshi Bank kolleji 2-, Nishon energetika kasb-hunar kolleji o’qituvchilari 3-o’rinni egallashdi. O’quvchi qizlar o’rtasida esa Shahrisabz pedagogika kolleji 1-, Muborak tibbiyot kolleji 2-, Qarshi Axborot kolleji 3-o’ringa sazovor bo’ldi.


Stol tennissi ham qiziqarli o’tishi bilan bir qatorda, qizg’in bahslarga sabab bo’ldi. O’qituvchilar o’rtasida bo’lib o’tgan saralashda Qarshi Axborot texnologiyalar kollejidan G.Tursunova 1-, Nishon sanoat energetika kollejidan Sh.Eshqobilova 2-, Qarshi Bank kollejidan K.Rustamova 3-o’rinlarga loyiq deb topildi. O’quvchi qizlar o’rasida Shahrisabz pedagogika kollejidan G.Tursunova 1-, Muborak tibbiyot kollejidan D.Po’latova 2-, Qarshi Axborot texnologiya kollejidan F.Jo’rayeva 3-o’rinni egallashdi.
Sportning shaxmat-shashka yo’nalishida Qarshi Bank kollejida bo’lib o’tgan musobaqada ham g’oliblar aniqlandi. Bunda o’qituvchilar o’rtasida Qarshi Bank kollejidan D.Hamidova 1-, Qarshi Axborot texnologiyalar kollejidan Z.Zaripova 2-, Qarshi tibbiyot kollejidan Z.Omonova 3-o’rin, o’quvchi qizlarimiz orasidan esa Shahrisabz tibbiyot kollejidan S.Sattorova -1, Qarshi Bank kollejidan L.Jabborova 2-, Maymanoq kasb-hunar kollejidan H.Musayeva 3-o’ringa loyiq deb topildi. Shashka musobaqasida esa o’qituvchilar o’rtasida Maymanoq kasb-hunar kollejidan K.Yodgorova 1-, Qarshi Bank kollejidan U.Tursunova 2-, Qarshi Axborot texnologiyalar kollejidan O.Daminova 3-o’rinni muvaffaqiyatli qo’lga kiritdi. O’quvchi-qizlardan Qarshi bank kollejidan Ch.Nabiyeva1-, Maymanoq kasb-hunar kollejidan M.Mavlonova 2-, Qarshi Axborot texnologiyalar kollejidan N.Pardayeva 3-o’rin sovrindorlari bo’lishdi.
G’oliblar diplom va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandilar.

Comments are closed.