«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qozog‘iston koronavirus tarqalgan mamlakatlardan keladiganlarni deportatsiya qilishini bildirdi

Qozog‘iston koronavirus tarqalgan mamlakatlardan keladiganlarni deportatsiya qilishga tayyor. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov ma’lum qildi.

«Himoyalanish maqsadida bunday mamlakatlarda bo‘lgan yoki koronavirus tarqalgan xavfli davlatlarda bo‘lgan shaxslarni deportatsiya qilish huquqiga egamiz va buni amalga oshiramiz«, — dedi Birtanov.
U 4 mart kuni Qozog‘istonga BAAdan kelgan samolyotda bo‘lgan ikki nafar xitoylik o‘z yurtlariga qaytarib yuborilganini qo‘shib qo‘ydi.

Avvalroq Qozog‘istonda koronavirus sababli 8 mart sanasiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bekor qilingandi.
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, hozirga qadar mamlakatda koronavirusga chalinish holati qayd etilmagan.

Manba: zamin.uz

Comments are closed.