«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Indoneziyalik 200 nafar talaba Oʻzbekistonda boʻladi

Elchixonadan xabarMamlakatimizning Jakarta shahridagi elchixonasi chet elda Oʻzbekistonning turizm salohiyatini, jumladan, taʼlim turizmini keng targʻib qilish maqsadida 4-18-mart kunlari Indoneziyaning Gunadarm universitetining arxitektura yoʻnalishi boʻyicha 200 nafar talabasini Oʻzbekistonga yuborish dasturini ishlab chiqdi.

Loyiha mamlakatimizdagi qator oliy oʻquv yurtlari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Indoneziyalik talabalar Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarining tarixiy arxitekturasini oʻrganadi. Safar natijalari boʻyicha Indoneziyada Oʻzbekistonning tarixiy obidalari uchun qurilish usullarini joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Taʼkidlash joizki, soʻnggi paytlarda Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari va diqqatga sazovor joylari Indoneziyada tez surʼatlar bilan ommalashmoqda. Joriy yilning oʻtgan davrida yurtimizga ushbu mamlakatdan 620 sayyoh tashrif buyurgani buni tasdiqlaydi.

OʻzA

Comments are closed.