«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

AMERIKADA KORONAVIRUS QURBONLARI SONI OShDI…

Amerikaning Vashington shtatida Xitoy koronavirusi qurbonlari soni oshgan. Ular hozirgi paytda 9 nafardan iborat bo’ldi. Ta’kidlanishicha, o’lim topganlar asosan keksalar va salomatligi zaif kishilar ekan.

So’nggi ma’lumotlarda Amerika bo’yicha bugun koronavirus yuqtirganlar 128 kishini tashkil etgani aytib o’tilgan. Ularning aksariyati Vashington hamda Kaliforniya shtatida yashovchilardir.

Shu yil 1 mart kuni Vashington shtati gubernatori Jey Insli hududda favqulodda holat e’lon qilgan. O’sha kuni ilk virus qurboni haqida xabar tarqatilgandi.

Hozirning o’zida koronavirus dunyoning 70 ta davlatiga tarqalgan.

hordiq.uz

Comments are closed.