«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

XITOY KORONAVIRUSI. 3 MARTDAGI SO’NGGI MA’LUMOTLAR…

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, 3 mart kuni Xitoy koronavirusi «COVID-19» yetib borgan mamlakatlar soni 64 taga yetdi. Dunyo bo’yicha 3 mart hisobida 90 ming 888 kishi virus yuqtirgan. 3 ming 116 kishi o’lim topgan, 48 ming 2 kishi tuzalib kasalxonadan chiqqan.

Xitoyning o’zida 3 mart hisobi bo’yicha virus tufayli vafot etganlar soni 2 ming 943 kishini, virus yuqtirganlar soni 80 ming 151 kishini tashkil etdi.

Janubiy Koreyada koronavirus bilan og’riganlar 4 ming 812 kishidan iborat. 28 kishi o’lim topdi. Bu mamlakatda maktablar 23 martga qadar yopib qo’yildi.

Italiyada 3 mart hisobi bo’yicha koronavirusdan o’lganlar 52 kishidan iborat. Jami 2036 kishi virus yuqtirgan.

Eronda koronavirus yuqtirib vafot etganlar soni 66 kishiga yetdi. Virus yuqtirganlar 1501 kishi. Shularning 291 nafari tuzalib kasalxonadan chiqdi. Eron tashqi ishlar vaziri mamlakatda virusdan saqlovchi tibbiyot niqoblari, respiratorlar, jarrohlik xalatlari va koronavirusni diagnostika qilish uskunalari yetishmayotganini ma’lum qilgan.

Yaponiyada virus yuqtirganlar soni 980 kishi, o’lim topganlar esa 12 kishini tashkil etgan.

Astag’firillo!!!

hordiq.uz

Comments are closed.