«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati joriy yilning 20 martiga qadar uzaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 28 fevraldagi 13-son bayoni bilan 2019/2020 o‘quv yilining birinchi yarim yili uchun to‘lov-shartnoma shartlarini bajarish muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilida:

— OTMlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi ta’lim shakllari)ga hamda magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar;

— o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar;

— xorijiy fuqarolar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini birinchi yarmini o‘tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2020 yil 20 mart (shu kuni ham kiradi) etib belgilandi.

Manba: sof.uz

Comments are closed.