«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Sessiya boshlandi: Mirishkor hokimi ishdan olinishi mumkin

Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ayni paytda Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi.

Tasdiqlanmagan norasmiy xabarlarga ko`ra, ushbu sessiyada ikki — Qarshi  va Mirishkor tumanlari hokimlari ishdan olinishi kutilyapti. 

Eslatib o`tamiz, 2 mart kuni Mirishkor tumani hokimining mahalla raislarini so`kkani va urgani haqidagi audio tarqaldi. Qashqadaryo viloyati hokimligi bu ovoz haqiqatdan ham Mirishkor tumani hokimi B.Radjabovning ovozi ekanligini tasdiqladi

Shuningdek, Bosh prokuratura ushbu holat bo`yicha tekshiruvlar boshlanganini ma`lum qildi.

Shundan so`ng, so`kong`ich hokim holatni izohlab, mahalla raislarini urganini rad etdi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilayotgan mazkur voqeaga bloger Xushnud Xudoyberdiev ham o`z munosabatini bildirdi. Shuningdek, haddidan oshgan hokim deputat Rasul Kusherbaev tomonidan ham  keskin tanqid qilindi.

Sal avval, Mirishkor tumani hokimi mahalla raislaridan uzr so`ragani xabar qilingan edi.

Shuningdek, O`zLiDeP depututlar guruhi Mirishkor tumani hokimini lavozimiga noloyiq deb xulosa berdi.

Yaqin vaqt ichida sessiyada qaror qilingan yangiliklar yuzasidan xabar beramiz.

darakchi.uz

Comments are closed.