«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Zoyir Mirzaev Mirishkor va YAkkabog’dagi holatlar haqida gapirdi
Bugun Qashqadaryo viloyat hokimligida kengaytirilgan yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilishda dastlab kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning audiosi va YAkkabog’ tumanidagi fermer ishchilari o’rtasidagi nizolar muhokama etildi.
«Ish faoliyatimizning ko’p qismi hokimlar va rahbarlarni tartibga chaqirish bilan o’tib ketyapti. Mirishkorning zo’ravon hokimi o’z hatti-harakati bilan viloyat nomiga dog’ tushirdi. Biror bir hokimdan yaxshi tashabbus ko’rmaymiz, odamlarni turmush-tarzini yaxshilash maqsadida ular taklif ham bermaydi. Afsuski zamon o’zgarayotganini siz rahbarlar sezmayapsizlar»,-deya keltiradi Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaevning so’zlarini “Nasafnews” muxbiri.
Zoyir Mirzaev YAkkabog’dagi fermer ishchisi ayollar ustiga kerosin sepib, yoqib yuborishga urinishi bilan bog’liq holatni rahbarlarning uquvsizligi bilan bog’ladi va tumanning ayrim mutasaddilari adolatsiz qaror chiqarganini tanqid qildi.
Shuningdek, tuman hokimi o’rinbosarlari aholi o’rtasida qabul o’tkazmagani, ko’chma qabullar yo’lga qo’yilmaganini ham tanqid qilinib, bu borada mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Yig’ilishda viloyat hokimi Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning hatti-harakati Reglament va odob komissiyasi va deputatlar ishtirokida muhokama etilishi lozimligini ham aytib o’tdi.

nasafnews.uz

Comments are closed.