«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Koronavirusni aniqlay oladigan niqob ustida ish olib borilmoqda

Lester universiteti tadqiqotchilari yarim kun ichida koronavirusni aniqlay oladigan niqob ustida ishlashmoqda.
Sinovlari boshlangan ushbu qurilma sil kasalligini aniqlay olishi allaqachon isbotlangan.

Ajalvor virusning tashxisini qulaylashtiruvchi mazkur niqob taqilgan paytda nafas tomchilarini yutadi. Bakterial yoki virusli infeksiya bor-yo‘qligini aniqlash uchun laboratoriyada tekshiriladi va natijani olish bir necha soat vaqtni talab etadi. Hozirgi koronavirus sinovlari 48 soat davom etishi mumkin.

Tadqiqot olib borgan olimlarning ta’kidlashicha, haqiqiy Sovid-19 bemorlarida niqobni sinash uchun kamida ikki oy kerak bo‘ladi. Ammo koronavirus nafas olish kasalligi bo‘lgani sababli niqob bir ishga yaraydi, deb umid qilinmoqda.

Hozirgacha faqat sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda sinab ko‘rilgan niqoblar o‘lim xavfini 90 foizlik natija bilan aniqlagan. Tadqiqotchilar mazkur turdagi niqob koronavirusda ham yordam beradi, deb o‘ylashmoqda.

Comments are closed.