«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Toshkentda koronavirus tufayli futbol matchi qoldirildi

Osiyo chempionlar ligasi (OChL) D guruh 3 tur uchrashuvi doirasidagi Sepahon (Eron) hamda Al-Nasr (Saudiya Arabistoni) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 3 mart kuni Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Biroq Osiyo futbol konfederatsiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu uchrashuv keyinroqqa qoldirilgan.

Bunga sabab esa COVID-19 koronavirus tarqalish xavfi hisoblanadi.

OFK Eron, Saudiya Arabistoni, BAA hamda sharqiy mintaqadagi Seul (Koreya)da bo‘lishi rejalashtirilgan uchrashuvlarni bekor qilgan.

Uchrashuvlar qachonga ko‘chirilgani noma’lum.

Hozirda Eron koronavirusning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi eng yirik o‘chog‘i bo‘lib turibdi. Fors yurtiga qo‘shni bir nechta mamlakatlarda virus Erondan qaytgan bemorlar tufayli tarqalgan. Mamlakatning o‘zida esa bir nechta yuqori darajali amaldorlargacha virusni yuqtirib olgan.

Hozirda Eronda koronavirus bilan bog‘liq 141 ta holat qayd etilgan, ulardan 22 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

manba: sof.uz

Comments are closed.