«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Levandovski Ronalduning rekordini takrorladi

YECHL 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida «Bavariya» safarda «Chelsi»ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 76-daqiqasida Robert Levandovski gol urdi. Shu tariqa, 31 yoshli futbolchi YECHLning joriy mavsumida safar uchrashuvidagi to‘qqizinchi golini urdi.

Levandovski 2013/14-yilgi mavsumdagi Krishtianu Ronalduning rekordini takrorladi.

Shuningdek, Levandovski YECHLdagi eng yaxshi natijasini namoyish etdi va 11-golini urdi.

manba: stadion.uz

Comments are closed.