«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Google: «Huawei qurilmalarini o‘zingiz mustaqil yangilamang»

O‘tgan yilning may oyida AQSh hukumati Huawei’ni “qora ro‘yxat“ga kiritgan edi, bu esa uning Google bilan ish munosabatlariga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi.

Endi Xitoy kompaniyasining yangi qurilmalari Play Store bilan ishlash uchun sertifikatga ega bo‘lmaydi. Huawei’ning yangi qurilmalari chiqishi arafasida Google iste’molchilar uchun murakkab vaziyat haqida katta bayonot berdi, shuningdek, ularga begona manbalardan APK-fayllarni yuklab olmaslik va yangilamaslikni tavsiya qildi.Bayonot Google’dan Huawei’ning yangi qurilmalari haqida so‘rashganidan keyin paydo bo‘ldi. Xususan, bayonot ushbu sertifikatlanmagan smartfonlarda begona saytlarni o‘rnatish orqali Google dasturlari va xizmatlariga norasmiy kirish huquqini qanday olish haqida.

Rasmiy ravishda, Google foydalanuvchilarga Google ilovalari va xizmatlarini “begona saytlardan“ yuklamaslikni tavsiya qiladi, chunki bu harakat foydalanuvchi xavfsizligini xatarga qo‘yishi mumkin. Xavfsizlikka tahdiddan tashqari, Google bunday dasturning ishlashiga ham kafolat bermaydi.Kompaniya, ayniqsa, yangi Huawei qurilmasi xaridorining YouTube’ga o‘xshagan Android-ilovalariga ega bo‘lishni xohlab qolishidan xavotirda. Kompaniya foydalanuvchilarning norasmiy Google xizmatlariga murojaat qilib, bu bilan bog‘liq xatarlarni tushunmasligi mumkinligidan qo‘rqadi.

Umumiy bosimga qaramay, AQShda Google’ga Huawei bilan ishlashga imkon beradigan vaqtinchalik litsenziya berildi, ammo litsenziya faqat mavjud Huawei qurilmalarida yangilanish xavfsizligi ustida ishlashga imkon beradi.

terabayt.uz

Comments are closed.