«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Rossiyaning eng boy ayoli ma’lum bo‘ldi
Rossiyaning eng boy ayoli ma’lum bo‘ldi
Foto: RIA Novosti

Wildberries onlayn do‘koni asoschilaridan biri va egasi Tatyana Bakalchuk «Forbes» jurnali talqiniga ko‘ra, Rossiyaning eng boy xonimi deb topildi.

Xabarga ko‘ra, Bakalchukning boyligi yil davomida 400 million dollarga ko‘paygan va 20 fevralda 1,4 milliard dollarni tashkil qilgan.
Bakalchuk boyligining ko‘payishi uning asosiy aktivi — Wildberries onlayn do‘koni bahosining o‘zgarishi hisobiga amalga oshdi. Rossiyaning eng katta onlayn do‘konlari ro‘yxatida Wildberries birinchi o‘rinni egalladi. 2019 yilda do‘konning savdo aylanmasi 88 foizga ortib, 223,5 mlrd rublni tashkil qildi”, — deb qayd etadi Forbes.

Wildberries 2019 yilda 164 million dona buyurtmalarni yetkazib bergan. Bu bir yil oldingi natijalarga nisbatan 2 barobar ko‘proq.
Kompaniya buyurtmalarni Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Armaniston bo‘ylab yetkazib beriladi.

manba: zamin.uz

Comments are closed.