«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

KITOB — ILMU ZAKOVAT XAZINASI

Qarshi tumani, Shilvi MFYga qarashli 36-maktabda 350 o‘quvchi tahsil oladi. O‘quv 2 smenada olib boriladi. Maktab direktori Mohira Ashurova ko‘p tajribaga ega pedagoglardan. Maktabda 34 nafar o‘qituvchi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.
Maktabda 5 tashabbus targ‘iboti doirasida kitobxonlik, raqs, sport, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘plab tadbirlarning o‘tkazilishi maktabda iqtidorli o‘quvchilarning etishib chiqishiga zamin bo‘lmoqda. Sportning qo‘l jangi yo‘nalishi bo‘yicha maktabning 7-V sinf o‘quvchisi Zarnigor Sharipova viloyatda 1-, respublikada 2-o‘rin, 5-A sinf o‘quvchisi Odilbek Sharipov esa viloyatda faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


O‘tgan yili “Bilimlar bellashuvi”da 9-10-sinf o‘quvchisi Ibroxim Sattorov, Davrbek Zokirovlar viloyatda 2- o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Kitobxonlikda 11-sinf o‘quvchisi Gulfira Zokirova tumanda 2-o‘rinni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi. Kitobga bo‘lgan qiziqish maktab jamoasi uchun xos xislat. Kutubxonada 1169 ta turli xildagi kitoblar mavjud. Shu sabab maktab jamoasi kitob savdosi boyicha tumanda 1-o‘ringa loyiq deb topildi. O‘quvchilarning bilim doirasini oshirish maqsadida tuman hokimi maktab fondini turli xildagi kitoblar bilan boyitdi. Shu bilan birga homiylar tomonidan 3 million so‘mlik kitoblar kutubxona peshtoqlaridan joy egalladi.


Ma’mura ERGAShOVA.

Comments are closed.