«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Nagelsmann YeCHL rekordini o‘rnatdi

«Leyptsig» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida «Tottenhem» bilan o‘yinda (1:0) rekord o‘rnatdi.

Opta Sports’ning yozishicha, 32 yoshu 211 kunlik bo‘lgan nemis mutaxassisi EChL pley-offlaridagi eng yosh murabbiyga aylandi.

Bungacha rekord o‘tgan mavsumda «Shalke» bosh murabbiyi sifatida 1/8 finalda «Manchester Siti»ga qarshi bahs olib borgan Domeniko Tedeskoga (33 yosh 161 kun) tegishli edi.

Ma’lumot uchun, Tedesko hozir «Spartak» M bosh murabbiyi sanaladi.

tribuna.uz

Comments are closed.