«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 2 mingdan oshdi

Xitoyda 18 fevral kuni yangi koronavirus infeksiyasidan yana 136 kishi vafot etdi. Shu tariqa, koronavirusdan vafot etganlar soni 2004 nafarga yetdi.

19 fevral tongida Xitoyda ushbu virusni yuqtirib olish bilan bog‘liq yana 1749 holat qayd etildi va virusdan kasallanganlarning jami soni 74 ming 185 nafarni tashkil qilmoqda.

South China Morning Post nashri ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyda ilk bor bir kun ichida virusga chalinganlar soni undan sog‘ayib ketganlar sonidan kamroqni tashkil qildi. 18 fevralda kasallikdan forig‘ bo‘lgan 1824 kishi shifoxonadan chiqarilgan. Umuman, epidemiya boshlanganidan buyon kasallikdan sog‘ayganlar soni 14 ming 376 nafarga teng.

Virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasidan tashqari boshqa hududlarda 15 kundan beri kasallanish holatlari soni kamayishi kuzatilmoqda: 3 fevralda 890ta kasallanish holati qayd etilgan bo‘lsa, 18 fevralda bor-yo‘g‘i 56ta yangi kasallanish holati aniqlangan. 

Xubeyda ham eng og‘ir vaziyat virus tarqalishi markazi bo‘lgan Uxan shahridagina saqlanib qolmoqda. 18 fevralda Uxanda 1660ta, provinsiyaning qolgan hududlarida esa bor-yo‘g‘i 33ta kasallanish holati qayd etilgan.

manba: kun.uz

Comments are closed.