«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Ilk rossiyalik koronavirusga chalindi
Ilk rossiyalik koronavirusga chalindi

Yaponiyada karantinga qo‘yilgan Diamond Princess kruiz kemasida rossiyalik ayolga koronavirus yuqqani tasdiqlandi.
Rossiyaning Tokiodagi elchixonasi o‘z feysbuk sahifasida bu xabarni e’lon qildi. Dunyo bo‘yicha ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 70 mingdan oshadi.

— «Diamond Princess” kruiz kemasi bortidagi Rossiya fuqarosida koronavirus aniqlangan. Yaqin orada rossiyalik ayol kasalxonaga yotqizilib, u yerda davolanadi, — deyiladi diplomatik vakolatxonaning bayonotida. Elchixona kema bortidagi rossiyaliklarning holatini nazorat ostiga olmoqchi.

Avvalroq, Yaponiya sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Katsunobu Kato laynerda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan 99 ta yangi bemor haqida xabar bergan edi. Shunday qilib, yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari o‘rtasidagi bemorlarning umumiy soni 355 dan 454 kishiga ko‘tarildi. Ilgari ruslar kasal yuqqanlar orasida bo‘lmagan, deyishdi elchixonada.

Kagosima — Gonkong — Okinava yo‘nalishi bo‘yicha suzayotgan «Diamond Princess” kruiz kemasi 4 fevral kuni Yaponiyaning Yokogama portida karantin ostida qoldirildi. Gonkongning 80 yoshli fuqarosida kruiz paytida shifokorlar koronavirusning yangi turidan kelib chiqqan pnevmoniyani aniqladilar. Kemadagi birinchi sinovlardan so‘ng yana o‘n kishida kasallik topildi, shundan so‘ng bemorlarning soni keskin o‘sishni boshladi. Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi portda turgan kruiz bortida 56 davlatdan 3700 dan ortiq yo‘lovchilar, shu jumladan AQSH va Rossiya fuqarolari, kema ichida 19 fevralga qadar karantinda bo‘ladi.

zamin.uz

Comments are closed.