«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Paxtakor» Moskvada «Spartak» bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Toshkentning «Paxtakor» klubi 22 fevral kuni Rossiyaning «Spartak» jamoasi bilan Moskvada o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

«Spartak» futbol klubi «Paxtakor»ga o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish yuzasidan chiqqan murojaatiga klubimiz rahbariyati tomonidan ijobiy javob qaytarildi va ushbu bahsini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Rossiyaning eng mashhur jamoasi sanalgan «Spartak» hozirga qadar 10 marta mamlakat chempioniga aylangan, 12 bor SSSR chempionatida g‘olib chiqqan. Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Domeniko Tedesko shogirdlari bilan bellashuv O‘zbekiston Superligasi dastlabki o‘yinlari va Chempionlar Ligasining navbatdagi bahslariga hozirlik ko‘rishda jamoamizga asqotishi, tabiiy. O‘z mamlakatlarining eng sovrindor klublari o‘rtasidagi to‘qnashuv o‘ziga xos intrigani keltirib chiqaradi» – deyiladi xabarda.

O‘yin 22 fevral, shanba kuni Moskvadagi «Otkritiye Arena» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Manba: Tribuna.uz

Comments are closed.