«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Koronavirus bilan kasallanganlar soni 70 ming kishidan oshib ketdi

Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasiga ko‘ra, Xitoyda 17 fevralda Covid-19 koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishning 2048 ta yangi holati qayd etildi, deb xabar bermoqda Meduza’ga tayanib Daryo.

Kasallanganlarning umumiy soni 70 548 kishini tashkil qilmoqda. So‘nggi kun davomida ushbu kasallikdan 105 kishi, epidemiya boshlangandan beri esa 1770 kishi vafot etdi. 10 844 nafar bemor davolanib, tuzaldi.

Koronavirus bilan kasallanganlar soni 70 ming kishidan oshib ketdi

Avvalroq Xubey provinsiyasida koronavirus sabab o‘layotganlar soni kamaya boshlagani ma’lum qilingan edi. Shuningdek, Xitoyda koronavirusga qarshi kurashda «hal qiluvchi palla» kelgani, koronavirus bilan kasallangan, biroq xastaligini qasddan yashirgan yoki safarlari tarixini oshkor qilmagan fuqarolarga nisbatan jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkinligi xabar berilgan.

Xitoydagi yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri Zhejiang Hisun Pharmaceutical hukumatdan COVID-19 koronavirusiga qarshi «Favipiravir» potensial dori vositasini sotishni boshlash bo‘yicha ruxsat oldi.

manba: zamin.uz

Comments are closed.