«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Bojxona sohasida amalga oshirilaytotgan islohotlar mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi» mavzusi yuzasidan matbuot anjumani o’tkazildi

Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi binosida joriy yilning 14-fevral kuni «Bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi» mavzusida bojxona xodimlari, jurnalist va blogerlar oʻrtasida matbuot anjumani oʻtkazildi

Anjumanda bojxona maʼmuriyatchiligi va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, shuningdek, turizm hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bit qator islohotlar amalga oshirilganligi taʼkidlandi.

Brifingda butun dunyoni larzaga solayotgan koronavirus oqibatlari hamda eksport qilinayotgan meva va sabzavot mahsulotlari tarkibida bojxona koʻrigidan ushbu mahsulotlarni koronavirus xavfi aniqlanmaganligi haqida brifing qatnashchilari fikr bildirdi.

Yig’ilishda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi Z.T.Turdialiyev hamda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boʻlimi boshligʻi O.A.Qodirov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi rahbari U.N.Nusurov hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi maʼsul xodimlari ishtirok etishdi. Jurnalist va blogerlar oʻzlari tomonidan berilgan savollarga javob olishdi

Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi axborot agentligi

Comments are closed.