«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Ikki buyuk shoir ikki buyuk qalb

 Joriy yilning 13-fevral kuni Qarshi «Muruvvat» nogironligi bo’lgan bolalar uchun internat uyida she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy  tavalludining 579 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan «Buyuk ajdodlarimiz merosini o’rganish» maqsadida «Ikki buyuk shoir, Ikki buyuk qalb»  deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda bolajonlar hamda tarbiyachilar ikki buyuk shoirning g’azal va ruboyilaridan misralar o’qishdi, sahnaviy ko’rinishlar namoyish etib raqsga tushishdi. So’ng ikki buyuk shoirning hayot yo’llari videorolik orqali ko’rsatilib o’tildi. Tadbir kuy-qo’shiq sadolari ostida yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi.

Tadbirdan foto lavhalar.

Comments are closed.