«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Galaxy S20’da 8K video olish mumkin, lekin «ko‘pga tushasiz»!
Galaxy S20'da 8K video olish mumkin, lekin

Mobil sanoatda birinchi bo‘lib Samsung’ning Galaxy S20 triosi 8K formatda soniyasiga 24 kadr olish imkoniga ega bo‘ldi. Bu, tabiiyki, qurilmadan ko‘p xotira talab qiladi, lekin siz o‘ylaganchalik ko‘p emas.

Kompaniya bergan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, (HEVC kodekda olingan) 8K videoning 1 daqiqasi smartfon xotirasida 600MB joy egallaydi. Bu Galaxy S10+ bilan olingan 350MB li 4K videoning yarim hajmidan kamroqdir.Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra’lar bilan maksimal 5 daqiqali 8K video yozish mumkin. Exynos va Snapdragon’li versiyalarning har ikkisida ham ushbu cheklov mavjud. S10 oliasida ham 4K borasida xuddi shunday cheklovlar bor edi: 30 kadr/soniya uchun 10 daqiqa, 60 kadr/soniya uchun 5 daqiqa.

terabayt.uz

Comments are closed.