«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Dembele uchun mavsum yakunlandi, u Yevro-2020ni ham o‘tkazib yuboradi

«Barselona» hujumchisi Usmon Dembele 6 oyga safdan chiqdi. Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti ma’lum qildi. 

Bugun, 11 fevral kuni fransiyalik futbolchi o‘ng tizzasidan olgan jarohati tufayli operatsiya qilindi. Shu tariqa Dembele mavsumning qolgan o‘yinlari va 2020 yilgi Yevropa chempionatini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. 

Bu mavsumda 22 yoshli hujumchi La Ligada 5ta, Chempionlar Ligasida esa 4ta o‘yinda harakat qilgan va 1ta gol urgan.

tribuna.uz

Comments are closed.