«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Xorazm viloyatida 37,49 gektar yer maydoni noqonuniy egallab olingan

Xo‘sh, bunga qanday choralar ko‘rildi?
Xorazm viloyati yer nazoratchilari tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra o‘zboshimchalik bilan 473 ta holatda 37,49 gektar yer maydoni noqonuniy egallab olgani aniqlangan.
Shulardan, ekin yeri 9,68 ga, bog‘zorlar 1,86 ga, tutzorlar 1,08 ga, dala tomorqalari 24,69 ga, boshqa yerlar 0,19 gektarni tashkil etadi, deyiladi «Davyergeodezkadastr» qo‘mitasi xabarida. 
Mazkur qonunbuzarlik yuzasidan Xorazm viloyati yer nazoratchilari tomonidan fuqarolarga yozma ravishda 473 ta ogohlantirish berilgan. Tuman hokimliklariga 465 ta taqdimnoma va prokuraturaga 237 ta ma’lumot kiritilgan.
Viloyat yer nazoratchilarining tegishli idoralar bilan hamkorlikda olib borgan chora-tadbirlar natijasida 73 ta yer qonun buzilish holati joyida bartaraf etilib, 5,31 gektar yer maydoni oldingi holatiga qaytarilgan.

O‘zA

Comments are closed.