«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Vyetnamda koronavirus bilan kasallanganlar soni 15 nafarga yetdi. Ular orasida 3 oylik chaqaloq ham bor

Qayd etilishicha, koronavirus bilan kasallanganlar orasida uch oylik chaqaloq ham bor.

Chaqaloq Yaponiya kompaniyasining Uxanga malaka oshirish uchun borib qaytgan xodimi bilan muloqotda bo‘lgan hamda undan virus yuqtirgan ayolning nabirasi ekanligi aytilmoqda.

Hozirda bola onasi bilan karantin ostida saqlanmoqda.

1-fevral kuni Vyetnamda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Mamlakat Xitoy bilan aviaqatnovni butunlay to‘xtatishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni ming kishidan oshib ketdi.

manba: daryo.uz

Comments are closed.