«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

G’uzorda hokim va yoshlar uchrashuvi hokimsiz o’tdi
Bugun, 10 fevral- kuni G’uzor tumanidagi musiqa va san`at maktabida hokim va yoshlar uchrashuvi o’tkazilgan.
Hokim va yoshlar uchrashuvida tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Alisher Bo’riev so’zga chiqqan, ammo Tuman hokimi Sa`dulla Boboqulov uchrashuvga kelmagan.
Uchrashuvda qatnashgan «Nasafnews» manbasining ma`lum qilishicha, Hokim kelishini ko’pchilik yoshlar kutgan, biroq ularga hokim o’rniga deb boshqa kishini tanishtirishgan. Bu esa ayrim yoshlar o’rtasida e’tirozga ham sabab bo’lgan.
«Nasafnews» muxbiri hokimlik izohini olish maqsadida mas`ullar bilan bog’landi.
-Uchrashuvda 250 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, yosh tadbirkorlar va tadbirkorlikni yo’lga qo’ymoqchi bo’lgan yoshlar ishtirok etib, kredit olish, biznes loyihalar, tadbirkorlik qilishda er maydonlari olish, bo’sh turgan binolardan foydalanish masalasida o’zlarining qiziqtirgan savollarini bildirdi,- deydi G’uzor tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Xudoyberdi YUldoshev.Hech kim norozi bo’lganini ko’rmadim.
Tuman hokimi S.Babaqulov 7 fevraldan sog’ligini tiklash uchun davolanayotganligi sababli uchrashuvga kelolmadi. Bu haqda viloyat hokimligiga ma`lum qilingan.
Xudoyberdi YUldoshevga ko’ra, yoshlar bilan uchrashuvlar viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida o’tkazilmoqda. Barcha tumanlarning 4 ta sektor rahbarlari uchrashuvlari tashkillashtirilmoqda.
Ma`lumotga ko’ra, Tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish uchun lavozimga Alisher Bo’riev tayinlangan. Bu haqda viloyat hokimining qarori ham chiqarilgan, — deydi tuman hokimligi axborot xizmati.
Lekin uchrashuvga kelgan ayrim yoshlarning bu tayinlovdan xabari bo’lmagan.

manaba: nasafnews

Comments are closed.