«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Davlat grantida oʻqiyotgan talaba ham stipendiya olmasligi mumkin, agar…
Davlat grantida oʻqiyotgan talaba ham stipendiya olmasligi mumkin, agar...

Hozirda yurtimizda 100 yaqin oliy taʼlim muassasasi boʻlib, 88 ming nafardan ziyod yoshlar davlat granti, 278 mingdan ortigʻi esa toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olmoqda.

Vazirlar Mahkamasi joriy yilning 31-yanvarida qabul qilgan “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori koʻra stipendiya toʻlovlarida oʻzgarish boʻldi.

Ushbu masalaga bagʻishlab oʻtkazilgan matbuot anjumanida Oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Sarvar Buzrukxonov 1-fevraldan boshlab, talabalarga yangi tartibda stipendiyalar tayinlanishi va toʻlanishi tartibi haqida izoh berdi.

photo5325699829055204461.jpg

– Davlat granti va stipendiyali toʻlov–kontrakt asosida kunduzgi shaklda taʼlim olayotgan talablarga qatʼiy belgilangan 428 ming soʻm miqdorida bazaviy stipendiya tayinlangan, – deydi S.Buzrukxonov. – Oʻquv semestri boʻyicha fanlarni aʼloga oʻzlashtirgan talabalarning stipendiyasiga 20 foiz qoʻshimcha beriladi. Yaʼni hamma bahosi besh boʻlgan talabalarga avtomatik ravishda 20 foiz qoʻshimcha qoʻshiladi.

Agarda semestr yakunlari boʻyicha fanlardan 30 foiz va undan ortiq qismi qoniqarli boʻlsa, davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalarga navbatdagi oʻquv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.

Yangi qarorda nogironligi boʻlgan talabalarga yangi imkoniyat yaratildi. Yaʼni toʻlov-kontrakt asosida taʼlim oluvchi 1 va 2 guruh nogironligi boʻlgan va yetim bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyalar davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. Ayni vaqtda taʼlim muassasalarida 580 nafardan ziyod talaba boʻlib, bu ularga qulaylik yaratadi.

photo5325699829055204462.jpg

Yana bir yangilik. Endi oliy taʼlim muassasalarida Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi. Unga davlat mablagʻlar va toʻlov-kontrak pullarining maʼlum foizi jalb etiladi va iqtidorli, faol va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar ragʻbatlantiriladi. Bu bazaviy stipendiya miqdorining 50 foizigacha boʻlishi mumkin.

Esingizda boʻlsa, tajriba tariqasida joriy yilning 1-sentyabridan talabalarning istagiga koʻra stipendiyali va stipendiyasi usuli joriy etilgan edi. Bunda uning miqdori 400 ming soʻm qilib belgilangan edi. Hozirga qadar bu imkoniyatdan 196 ming yaʼni 72 foiz talaba foydalanib, stipendiyasiz toʻlovlarni amalga oshirdi. Endi grant asosida oʻqigan va fanlarni aʼloga oʻzlashtirgan yoshlarga oʻtgan oylar uchun qoʻshimcha mablagʻ toʻlab beriladi. Bu tajriba kontraktda oʻqiyotganlarga joriy etilmaydi.

Negaki, oldin toʻlov–kontrakt summasi bir xil qiymatda belgilangan boʻlib, u “ toʻrt” bahoning puli miqdorida tayinlangan edi. Shu bois hamma bir xilda 400 ming soʻmni oldi. Bu haqida talablar oldindan ogohlantirilgan va shartnomada ham qayd etilgan.

Sayyora SHOYEVA, OʻzA

Comments are closed.