«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qashqadaryoda koronavirus maslasida e’tiborsizlikka yo’l qo’ygan bosh vrach va xodimga chora ko’rildi

Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Tallimarjon hududidagi SKP bir marotabalik ishlatiladigan niqob va bir marotabalik himoya kiyimi bilan to’liq ta’minlanmaganligi va xodimlar ishlarini nazorat qilmaganligi hamda koronavirus kasalligiga qarshi epidemiologik chora-tadbirlarni yetarli darajada tashkillashtirmaganligi sababli Nishon tuman SEO markazi bosh vrachi Alisher Normo’minov intizomiy chora, vazifasini yaxshi o’zlashtirmagan SKP xodimining mehnat shartnomasi bekor qilindi, deb xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati Sanitariya va epidemilogik osoyishtalik markazining xabariga tayanib viloyat hokimligi axborot xizmati.

Ma’lumotda keltirilishicha, 4-fevral kuni viloyat Sanitariya va epidemilogik osoyishtalik markazi markazi bosh vrachi S.Murodov, epidemiolog R.Muzaffarov, Nishon tuman Sanitariya va epidemilogik osoyishtalik markazi bosh vrachi va viloyat favqulodda vaziyatlar xodimlari Tallimarjon hududidagi (Turkmaniston bilan chegaradosh) borib o’rganish ishlari olib borilgan.

Aniqlanishicha, hozirgi paytda Turkmaniston tomonidan hududiga o’tish va chiqish taqiqlangan. 2020 yilning yanvar- oyida 1000 ta fuqaro shundan 935 nafari xorijiy tibbiy ko’rikdan o’tkazilgan bo’lib, o’rganish kuni ya’ni 4-fevral kuni 5 nafar fuqarolar tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, isitmalagan bemorlar aniqlanmagan.

nasafnews’dan olindi

Comments are closed.