«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Koronavirus tufayli xitoyliklarning Tayvan oroliga kirishi taqiqlandi

Koronavirus tufayli 7-fevraldan boshlab Xitoyda yashovchi fuqarolarning Tayvan oroliga kirishi vaqtincha taqiqlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Tayvan ma’muriyati avvalroq Xitoyda 24-yanvardan keyin bo‘lgan xorijiy fuqarolarga alohida ruxsatnomasiz orolga kirishni taqiqlagan edi.

Bundan tashqari, ertadan boshlab Gonkong yoki Makaoda bo‘lib qaytgan fuqarolar karantin ostiga olinadi.

Ma’lumot uchun, Xitoyda tarqalgan koronavirusdan vafot etganlar soni 565 kishiga yetdi. Mamlakatning yetakchi epidemiologi Li Lanszyuan boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi 2019-nCoV koronavirusga qarshi kurashda yutuqqa erishganini e’lon qildi.

Lining so‘zlariga ko‘ra, laboratoriya tajribalarida abidol va darunavirning (OITSni davolash va oldini olish uchun ishlatiladigan antiretrovirus dori) aralashmasi virus samarali to‘xtatishga qodir. Shuningdek, mazkur dori vositalaridan Chjeszyan provinsiyasida koronavirusni yuqtirib olgan bemorlarni ham davolashda qo‘llanilgan.

manba: kun.uz

Comments are closed.